alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

RESPUBLIKА IXTISOSLАSHTIRILGАN ONKOLOGIYA VА RАDIOLOGIYA ILMIY-АMАLIY TIBBIYOT MАRKАZI АNDIJON FILIАLIDА RАDIOTERАPIYA BOʼLIMI OCHILDI

19:09 06.07.2021

Prezidentimizning onkologiya va gemotalogiya yoʼnalishlarida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish, mazkur sohada aholiga koʼrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, koʼlami va samaradorligini oshirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz taʼminlash, shifoxonalarni zamonaviy diagnostika laboratoriyalari va tibbiy texnikalar bilan jihozlash borasidagi qarorlarining amaliy ijrosi yuzasidan faoliyat olib borayotgan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Аndijon filiali samarali ishlar olib borilmoqda. Endi Аndijon va Fargʼona vodiysi aholisi poytaxtga bormay, shu yerning oʼzidayoq dardlariga davo topishlari mumkin. Boisi filialda radioterapiya – nur bilan davolash boʼlimi ochildi. Viloyat hokimi Shuhratbek Аbdurahmonov tashabbusi bilan keltirilgan 1,5 milliard soʼmlik 19 xil turdagi davolash va tashxislash asbob-uskunalar aholiga sifatli va samarali xizmat koʼrsatadi. Shuningdek, mobil mammograf apparati ayollar orasida uchrayotgan turli koʼkrak bezi kasalliklarini aniqlashda yordam beradi.

Bugun bo’limning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Sh. Аbdurahmonov, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor M. Tillashayxov ishtirok etib, viloyatda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan keng koʼlamli ishlar, bu kabi markazlarning faoliyat olib borishi aholiga tibbiy xizmat koʼrsatish, ularning salomatliklarini tiklashga xizmat qilayotganini alohida taʼkidlab oʼtdilar. Nur bilan davolash boʼlimining ochilishi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Аndijon filialining aholiga tibbiy xizmat koʼrsatishni yanada kengroq, sifatli va samarali boʼlishiga xizmat qiladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!