2021/2022-oʻquv yili uchun Oʻzbekiston Respublikasidagi davlat OTMdan boshqa OTMga va bir OTM doirasida oʻqishini koʻchirish (tiklash) maqsadida transfer.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan talabalar (fuqarolar)ning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi. Ayrim arizalar maʼlum bir sabablarga koʻra rad etildi.
Rad etilgan arizalarning kamchiliklarini bartaraf etgan holda tahrirlashning SOʻNGGI MUDDATI 2021-yil 13-avgust kuni soat 23:59.
Ushbu muddatdan soʻng arizalarni tahrirlash imkoni boʻlmaydi.
Ushbu muddat ichida kamchiliklari bartaraf etilmagan ARIZALAR KOʻRIB CHIQILMAYDI.
Roʻyxatdan oʻtgan barcha talabalar (fuqarolar)dan oʻzlarining shaxsiy kabinetlariga kirib (roʻyxatdan oʻtishdagi login va parol orqali), arizalarining koʻrib chiqilish holatini doimiy kuzatib borishlari soʻraladi.