Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalar aholisining muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagilar bilan manzilli ishlash kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish belgilangan.


Ayni shu asosda vazirlik va idoralar rahbarlaridan tarkib topgan ishchi guruh hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Bugun, 29-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot institutiga respublika ishchi guruhi rahbari, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi mas’ul xodimi Umirzoq Raxmatov, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼul xodimi Foziljon Farxodov tashrif buyurdi.


Ularni institut rektori M.Madazimov, prorektorlar va professor-o‘qituvchilar kutib oldi. Tadbirda so‘z olgan institut rektori aholini kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samarasi haqida so‘z yuritdi.


Respublika ishchi guruh rahbari U.Raxmatov yo‘nalishlar bo‘yicha o‘rganish ishlarining borishi, aholiga ko‘mak berishda institut jamoasining faolligi, chekka hududlarda tibbiyot sohasining yetuk mutaxassislari ishtirokida tibbiy ko‘riklarni tashkil etgan holda aholiga ko‘mak berib kelinayotganligi uchun samimiy minnatdorchilik bildirdi. O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni sohaning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlaridagi xizmatlari uchun institut rahbariyatiga tashakkurnoma topshirdi. Institut mehmonlariga ham esdalik sovg‘alari taqdim etildi.


