Rossiyаlik kardioxirurg, akademik Renat Sulaymonovich Akchurin Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga tashrif buyurdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2018-yil 17-dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi kardiologiya ilmiy-amaliy ishlab chiqarish kompleksi akademigi, taniqli va tajribali  kardioxirurg Renat Sulaymonovich  Akchurin, qon-tomir jarrohi Damir Madjidovich Galyautdinov, anesteziolog–reanimatolog Yelena Vladimirovna Dzibinskayalar Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga keldilar.

Mazkur delegatsiya ADTI professor-o‘qituvchilari, magistrlar, klinik ordinatorlar va talabalarga ma’ruzalar o‘qish,murakkab  yurak, qon-tomir kasalliklarida amaliyot jarayonlarini o‘tkazish, zamonaviy diagnostika va davolash usullari bo‘yicha soha mutaxassislari bilan tajriba almashish, mahorat  darslarini olib borish, kelgusida  ADTI bilan hamkorlikda  ilmiy–amaliy ishlarni  davom  ettirish maqsadida tashrif buyurdilar. Rossiyalik tajribali mutaxassislar  klinikadagi bo‘limlar faoliyati bilan tanishib, murakkab yurak va qon-tomir kasalliklari bilan xastalangan bemorlarni ko‘ruvdan o‘tkazdilar,  soha mutaxassislariga hamda bemorlarga o‘zlarining kerakli tavsiya  va maslahatlarini  berdilar.

2018 yilning 17- dekabr kuni Rossiyalik akademik   R.S.Akchurin ADTI professor-o‘qituvchilari, magistrlar,  klinik ordinatorlar va talabalarga ma’ruza o‘qidi.  Klinikada faoliyat olib borayotgan jarroh, kardiolog, anesteziolog-reanimatolog kabi soha mutaxassislari bilan o‘zaro suhbatlashib, kelgusida hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

ADTI klinikasida bemorlarni ko’rikdan o’tkazdi va ularga o’zining maslahat va tavsiyalarini berdi.

466