Andijon davlat tibbiyot institutida Rossiya Federatsiyasi Ural Federal Universititining Akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor T.Oboskalova va mazkur kafedra dotsenti A.Voronsova Andijon davlat tibbiyot institutida bo’ldi. Ularni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori K.Salohiddinov kutib oldi va har ikki oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari o’rtasida hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Unda akusher-ginekologlarning bilimi va ilmiy salohiyatini oshirish kabi mavzularda suhbat olib borildi. Shuningdek, tibbiy xizmat sifatini oshirish, ilmiy ishlarni birgalikda bajarish va boshqa shu kabi masalalar haqida ham fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvdan so’ng mehmonlar Akusherlik ginekologiya kafedralari hamda Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetining akusherlik ginekologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari, magistr va ordinatrlar hamda Pediatriya fakultetining 5-kurs talabalariga ginekologiyaning dolzarb muammolari mavzusida ma’ruza o’qidilar.
Ma’ruza davomida ginekologiya sohasidagi asosiy tekshiruvlar, yangi diagnostik usullar hamda davolashdagi metodlar va shu bilan birglikda ayollar reproduktiv faoliyatini yaxshilash haqida ma’lumotlar berildi.