Andijon davlat tibbiyot institutida 2-Fakultativ xirurgiya kafedrasi tomonidan taklif etilgan rossiyalik mutaxassis ФГБУ «НМИЦ им. В. А. Алмазова» (V.A.Almazov nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi) Yurak, qon-tomir xirurgiyasi kafedrasi dotsenti, jarroh, tibbiyot fanlari nomzodi Toxir Rahmatillayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i F.Rasulov, 2-Fakultativ xirurgiya kafedrasi mudiri M.Nishonov ishtirok etdi. Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, institutda mahorat darslari tashkil etishga jalb etish kabi masalalarda suhbat o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, ikki kun davomida rossiyalik mutaxassis tomonidan talabalarga mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilinib, Yurak, qon-tomir sohasidagi jarrohlikning zamonaviy, innovatsion usullari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar olgan bilimlarini savol-javoblar orqali yana-da mustahkamladilar.