2019- yil 16- mart kuni Andijon shahar bolalar shifoхonasida fakultet pediatriya va neonatologiya kafedrasi va pediatriya kafedralari professor- o’qituvchilari va talabalari uchun Rossiya Federatsiyasi Krim Respublikasi Simferopol tibbiyot universitetidan tashrif buyurgan olim I.A.Settarov “Homila ichi infeksiyalari” mavzusida ma’ruza o’qib eshittirdi.
Ma’ruzada olim keng tarqalgan ushbu patologiyani zamonaviy diagnostika va davolash usullarini batafsil yoritib berdi, vrachlar va talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Ma’ruzadan so’ng , I.A.Settarov kafedra va shifoxona xodimlari uchun mahorat darsi o’tkazdi. Chaqaloqlar reanimatsiyasi bo’limida davolanayotgan og’ir bemorlarni ko’rikdan o’tkazib, kerakli maslahatlar berdi.