Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ROZIYAXONNI YANGI OʼQUV YILI KUTMOQDА

23:14 23.06.2021

ROZIYAXONNI YANGI OʼQUV YILI KUTMOQDА

Xabaringiz bor, shu yilning 14-may kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boʼlib, u yerda davolanayotgan bolajonlar holidan xabar olgan edi.  Uchrashuv chogʼida 2003-yilda tugʼilgan, markazda chap tizza boʼgʼimi sinovial sarkomasi tashxisi bilan davolanayotgan Roziyaxon Bozorboyeva Аndijon davlat tibbiyot institutiga kirishni orzu qilishini aytgan edi. Prezidentimiz uning orzusini amalga oshirish uchun tegishli mutasaddilarga topshiriq berib, Roziyaxon uchun barcha sharoitlarni muhayyo qilishni tayinlagan edi. Buning ijrosi yuzasidan Sogʼliqni saqlash vazirligi masʼul xodimlari va Аndijon tibbiyot instituti rektori M. Madazimov Roziyaxon Bozorboyevaning ahvolidan xabar olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boʼlgan edi.

Hozirda Roziyaxon Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Аndijon filialida muolajalarni davom ettirmoqda. Bu markazda bemorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bugun ham rektor M. Madazimov Roziyaxonni xolidan yana bir bor xabar oldi. Samimiy suhbat davomida rektor yangi oʼquv yilida Roziyaxonni yangi imkoniyat va taʼlim jarayoni kutayotganini taʼkidlab oʼtdi. Sovgʼalar va kitob jamlanmalari Roziyaxon bilan birga u bilan davolanayotgan bemorlarga ham taqdim etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!