Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SADOQAT MULKINING MALIKASI” – ZULFIYAXONIM

21:22 28.02.2022

Sheʼrlarida sadoqat, mehr-muhabbat nashidasi ufurib, bahor kabi tarovat sochguvchi xassos shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan kun barcha muassasalar qatori Andijon davlat tibbiyot institutida ham munosib nishonlanmoqda. Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “Sadoqat mulkining malikasi” mavzusida adabiy-badiiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Salohiddinov, markaz rahbari M.Ahmedova oʻzbek shoirasi, yorqin rassom, Xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofotlari sohibasi Zulfiya Isroilovaning hayoti va ijod faoliyati, uning oʻttizga yaqin sheʼriy toʻplamlari, oʻndan ortiq dostonlari haqida maʼlumotlar keltirib oʻtdilar.

Markaz xodimlari va talabalar tomonidan Zulfiyaxonimning sheʼrlaridan namunalar oʻqildi, bastalangan qoʻshiqlar kuylandi. Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimning hayotiga oid sahna koʻrinishlari va ijodiga oid videoroliklar namoyish etildi.

Skip to content Click to listen highlighted text!