SAHNA ORQALI OGOHLIK: “GIYOHVANDLIK — UMR ZAVOLI” – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SAHNA ORQALI OGOHLIK: “GIYOHVANDLIK — UMR ZAVOLI”

17:38 16.02.2026

Bugun, 16-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot institutida “Giyohvandlik — umr zavoli” shiori ostida “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining fakultetlararo bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — talaba-yoshlarni yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, shuningdek, giyohvandlikning ayanchli oqibatlari haqida qat’iy fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Sahnalashtirilgan chiqishlar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, zararli illatlarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish va yoshlar ongida ogohlikni mustahkamlash maqsad qilindi.

Tanlov jarayonida fakultet jamoalari dolzarb va ta’sirchan sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etib, tomoshabinlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi. Har bir chiqish o‘zining mazmuni, badiiy yondashuvi va dolzarbligi bilan ajralib turdi. Talabalar nafaqat ijodiy mahoratini, balki ijtimoiy mas’uliyatini ham namoyon etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, faol va tashabbuskor ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Skip to content