Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida IIB hamkorligida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.Abdullajonov ochib berdi.
Davra suhbati davomida viloyat IIB tergov boshqarmasi boshliq o‘rinbosari A.Mirzayev hamda tergov bo‘limi boshlig‘i Sh.Xasanov talabalarga hozirgi kunda yoshlar orasida uchrab turadigan firibgarlik, tovlamachilik, insonga og‘ir tan jarohati yetkazish, terrorizm va giyohvandlik borasida ma’lumot berib, ayniqsa talabalar o‘rtasida uchrayotgan bunday ayanchli holatlarning oqibatini tahliliy ko‘rsatkichlar bilan batafsil tushuntirib o‘tdilar.