Salomatlik aksiyasi. Shifokor kelgunga qadar… – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Salomatlik aksiyasi. Shifokor kelgunga qadar…

16:20 16.02.2019

2019-yil 16- fevral kuni Andijon shahri,  Yangi bozor hududidagi “Mumtoz” savdo markazi oldida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi hamda Andijon  davlat tibbiyot instituti  boshlang‘ich tashkiloti  faollari tomonidan  “Sog‘lom turmush tarzi – hayotimiz mezoni” mavzusida aksiya o‘tkazildi.

Tadbirda  boshlang‘ich tashkilot faollari o‘z bilim va  kasbiy mahoratlarini namoyish etdilar.

Aksiyada kundalik hayotimizda sog‘lom turmush tarzini qoidalariga rioya etish, o‘z sog‘lig‘imizga e’tiborli bo‘lish va shifokor tavsiyalariga amal qilish – uzoq umr ko‘rish garovi ekanligi  asosiy maqsad bo‘ldi.

Bo‘lajak  mutaxassislar aholiga  favqulodda holatlarda : yurak huruj qilganda, qandli diabet xastaligida, xushdan ketganda, epilepsiya holatlari va jarohat olganda bemorlarga shifokor kelgunga qadar birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini ko‘rsatib berdilar.

Muolajalar  talabalar tomonidan ko‘ngillilarda  va mulyajda ko‘rsatib berildi. Aksiyada aholi katta qiziqish bilan  ishtirok etib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Skip to content Click to listen highlighted text!