Bundan taxminan 2400-yil avval Gippokrat ham “Piyoda yurish – inson uchun eng yaxshi davo vositasi” ekanligini taʼkidlagan ekan. Chindan ham piyoda yurgan insonning salomatligi yaxshi boʻladi, yaʼni muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklar xavfini 31 foizga kamaytiradi va bir qator kasalliklarning oldini oladi. Bu borada Andijon davlat tibbiyot institutining professor-oʻqituvchilari, xodimlari, xatto talabalari ham yaxshi biladilar.
Pediatriya fakulteti, Bolalar jarrohligi kafedrasi xodimlari “Salomatlik sari 5000 qadam” loyihasida tashabbusni qoʻlga olishdi. Ish faoliyatidan soʻng toza havoda jamoa bilan dildan suhbat qurib loyihada qatnashgan professor-oʻqituvchilar piyoda yurishning samarali jihatlarini haqida fikr almashdilar.