2019-yil 16-17 may kunlari Andijon davlat tibbiyot institutining bir guruh talabalari Gospital va shoshilinch pediatriya kafedrasi assistenti H.Xonkeldieva rahbarligida Samarqand davlat tibbiyot institutida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy – amaliy konferensiyada ishtirok etib qaytdilar.
“Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga bag‘ishlangan 73- an’anaviy xalqaro konferensiya ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda talabalarimiz muvaffaqiyat qozondilar. Davolash fakulteti talabasi T.Tojiboev faxrli 1 – o‘rinni egalladi. Shuningdek, magistratura yo‘nalishi talabalari – A.Nuriddinov 2-, Sh.Ahmadaliev 3-, davolash fakulteti talabasi T.Baxriddinov 2-o‘rin, pediatriya fakulteti talabalari I.Sobirov , A.Abdurashidov 2-, A.Azimov 3-o‘rinni egalladilar.
Xorijiy olimlar ishtirokida o‘tgan anjuman taassurotlarga boy bo‘lib, qatnashchilar ko‘hna va hamisha navqiron shaharning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qildilar.