Sankt-Peterburg davlat kimyo farmatsevtika universiteti bilan hamkorlikda onlayn uchrashuv o’tkazildi. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b B.Abdullajonov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G.Xodjimatov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salaxiddinov ishtirok etdi.
Onlayn uchrashuvda ADTIda Farmasevtika «Dori vositalarining kimyoviy texnologiyasi» yo’nalishi bo’yicha qo’shma o’quv dasturini tashkil etish yuzasidan Sankt-Peterburg davlat kimyo farmasevtika universiteti professor-o’qituvchilari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlar kelishib olindi.