Shu kunlarda Andijon davlat tibbiyot instituti Yuqumli kasalliklar kafedrasida Rossiya Sankt-Peterburg Harbiy tibbiyot akademiyasining Yuqumli va tropik yuqumli kasalliklar kafedrasi dotsenti, parazitolog Vladimir Sergeyevich Turitsin talabalarga parazitologiya boʻyicha oʻz bilimlari bilan oʻrtoqlashmoqda. Mutaxassis yuqori bosqich talabalari, magistrlar va klinik ordinatorlar uchun “Ichak parazitozlari”, “Parazitar kasalliklar diagnostikasi”, “Bezgak”, “Leyshmaniozlar” mavzularda seminar, amaliy mashgʻulotlar va maʼruzalar oʻtkazib kelmoqda.