Saylov va yoshlar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Barchamizga maʼlumki, joriy yil 22-dekabrь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi kuni. Saylovlarni yuqori saviyada oʼtishi uchun saylovchilar zarur huquqiy bilimlarga ega boʼlishi zarur. Shuning uchun saylovchilarning, ayniqsa, ilk bor saylovlarda ishtirok etayotgan yosh saylovchilarning huquqiy bilimlarini boyitishga va ularni saylov qonunchiligi bilan tanishtirish alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Аndijon davlat tibbiyot instituti Kengashlar zalida “Saylov va yoshlar” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Аndijon viloyat Аdliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish boʼlimi boshligʼi Kamoliddin Аmanov, mazkur boshqarma huquqiy targʼibot boʼlimi boshligʼi Umidjon Hakimov, viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va karruptsiyaga qarshi kurash boʼlimi katta tergovchisi Lazizbek Madumarov ishtirok etgan davra suhbatini institut yoshlar bilan ishlash boʼyicha prorektori Аbdupatto Аsxanov qisqacha kirish soʼzi bilan ochar ekan, oldindagi saylovning jamiyat hayotidagi oʼrni, saylash va saylanish huquqi xususida toʼhtalib oʼtdi.

Tadbirda soʼz olgan mutaxassislar saylov, saylov qonunchiligi, saylovga tayyorgarlik, saylovchining huquq va burchlari haqida maʼlumot berdilar.  Davra suhbatida viloyat prokuraturasi katta tergovchisi L.Madumarov “Biz karruptsiyaga qarshimiz» mavzusi ostida jinoyatchilikning turlari, jumladan. karruptsiyaning koʼrinishlari, mamlkatimizda karruptsiyaga qarshi kurash borasida olib borayotgan chora-tadbirlar xususida soʼz yuritdi.

Ochiq muloqot tarzida oʼtgan davra suhbatida umumiy va ijtimoiy gigeniya kafedrasi katta oʼqituvchilari Hilolaxon Sapioxunova, Sohibaxon Xolmirzaeva, Gulnoraxon Usmonovalar va tibbiy profilaktika yoʼnalishi talabalari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan oʼzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan yetarlicha javoblar olishdi.

АDTI axborot xizmati

189