Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SAYYOR QABUL – BARCHASI INSON QADRI UCHUN!

13:06 30.07.2022

Shahrimizdagi Alisher Navoiy istirohat bogʻida viloyat hokimining sayyor qabuli boʻlib oʻtmoqda. Unda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov ham ishtirok etmoqda. Qabul davomida talabalarni oʻqishga qabul qilish, xorijiy va boshqa oliy taʼlim muassasalaridan oʻqishni koʻchirish, imtiyozlar asosida oʻqishga qabul qilish borasidagi murojaatlar tinglanib, ularning savollariga batafsil javob berilmoqda. Hozirgacha 3 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularga kerakli tavsiyalar va yoʻl-yoʻriqlar berildi.

Bu kabi qabullarning muntazam oʻtkazib borilishida aholimizning uzogʻi yaqin boʻlmoqda. Ayniqsa, ovvoragarchiliklar va qogʻozbozliklarning oldi olinmoqda. Bu esa barcha islohotlar inson qadri va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilganidan dalolat.

Skip to content Click to listen highlighted text!