Bugun, 10-dekabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida O’zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Dastlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi jo’r bo’lib kuylandi. Har bir satrida tinchlik, osoyishtalik, xalqning ertasi, buguni va kelajak orzu-umidlari tarannum etilgan Madhiyamizni professor-o’qituvchilar, talabalar faxr bilan ijro etdilar.
Shundan so‘ng, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov institut rektorining bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
Tadbir davomida institutning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti A.Sattorov, O’zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasi dotsenti M.Qo’ziboyeva so’zga chiqib, Davlat madhiyasining ahamiyati, undagi ma’naviy-ma’rifiy mazmun haqida so’z yuritdi.
Mazkur tadbirning bosh maqsadi yoshlarga davlat ramzlariga boʻlgan hurmat tuyg’usini yanada chuqurlashtirish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishdan iborat bo’ldi.