alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHAHRIXON TUMANINING 3 MINGDAN ZIYOD AHOLISI TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTKAZILDI

20:56 13.10.2021

SHAHRIXONDA AHOLINI TIBBIY-KO‘RIKDAN O‘TKAZISH DAVOM ETMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordam koʻrsatishning sifat va samaradorligini oshirish,  kasalliklar profilaktikasi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda.

Jumladan, institutning 28 ta klinik kafedralari tumanning 76 ta MFYlariga masʼul etib biriktirilgan boʻlib, mahalliy shifokorlar bilan birgalikda aholini tibbiy xatlovdan oʻtkazishda qatnashib kelishmoqda. Xatlov natijasida 3-4-guruhga kiritilgan aholiga joylarda tibbiy yordam tashkil etish maqsadida KTMP, KTMP-3, 63-OP, Sarimsaqov, Alisher Navoiy, Yangihayot, Dorilomon OSHPlarda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi. Koʻriklarda institutning 14 xil mutaxassisliklaridan iborat yetakchi xodimlar ishchi guruhi ishtirok etmoqda. Ayni kunga qadar ular tomonidan 3 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat koʻrsatildi.

Shuningdek, xirurgik yordamga muxtoj boʻlgan aholiga tumanda yordam koʻrsatish tashkil etilib, tumanning 7 nafar fuqarosiga yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazib berildi. Andijon davlat tibbiyot instituti professor-oʻqituvchilari koʻrigining oʻtkazilishi Shahrixon tumanining barcha DPMlarida davom etmoqda.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!