Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHAHRIZODA YO’LDOSHEVA – «YANGI OʻZBEKISTONNI OʻZIMIZ, OʻZ QOʻLLARIMIZ BILAN BUNYOD ETAMIZ!» SHIORI OSTIDAGI RESPUBLIKA ESSELAR TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI G’OLIBASI

15:11 19.05.2022

Ma’lumki, Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalari oʻrtasida «Yangi Oʻzbekistonni oʻzimiz, oʻz qoʻllarimiz bilan bunyod etamiz!» shiori ostida respublika esselar tanlovi oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 18-may kuni Andijon davlat universitetida mazkur tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi va unda viloyatimizdagi 6 ta oliy ta’lim muassasalarining universitet (institut) bosqichida g’olib bo’lgan 18 nafar talaba-yoshlari ishtirok etdi.

Ular tanlov nizomiga muvofiq «Yangi O’zbekiston mening tasavvurimda» mavzusida esse bo’yicha ijodiy mahoratlarini namoyish etdilar.

Tanlovni Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ma’naviyat va ma’rifat markazi, O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Andijon viloyat bo’limi, O’zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamda O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’limining mutaxassislari kuzatib, adolatli baholab bordilar.

Bugun tanlov g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Yakuniy natijalarga ko’ra, Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakultetining 2-bosqich talabasi Shahrizoda Yo’ldasheva faxrli 1-o’rinni egalladi. Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi Mavzunaxon Muhammadjonova 2-o’rinni, Andijon davlat universiteti Fizika yo‘nalishining talabasi Zarinaxon Zokirova esa 3-o’rinni qo’lga kiritdi. G’oliblar tashkilotchilarning diplom hamda qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tanlovning mazkur bosqichida ishtirok etgan talabalar hamda ularning ustozlari ham munosib mukofotlandi.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!