alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SHIFOKOR” MFYDA 5 TA MUHIM TASHABBUS DOIRASIDA TADBIR O‘TKAZILDI

10:11 03.02.2022

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus, ayniqsa, mahallalarda uyushmagan yoshlarning iqtidorini shakllantirishda ayni muddao bo‘lmoqda. Davolash fakulteti tomonidan Andijon davlat tibbiyot institutiga biriktirilgan “Shifokor” MFYda tashkil etilgan tadbirda ham yoshlar san’at, sport sohalarida o‘zlarini namoyon etishdi. Tadbirda fakultet dekani B.Mamatov, dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar ishtirok etishdi.

Voleybol sport turida bellashgan yigit-qizlar orasidan eng shiddatlilar saralab olindi. Musiqa va san’at ixlosmandlari esa go‘zal kuy-qo‘shiqlar bilan barchaga xushnudlik baxsh etdilar. Tadbirda eng faol qatnashgan yoshlar institutning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi ko‘ngilochar va taassurotlarga boy tadbirlar barcha mahallalarda davom etadi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!