Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SHIFOKORLAR” JAMOASI MINTAQAVIY BOSQICHGA YOʻLLANMA OLDI

18:32 21.04.2022

«Eng faol talabalar teatr studiyasi» Respublika ko’rik tanlovi sanʼatga ixlosmand va iqtidorli yoshlarni shakllantirmoqda. Mana bir necha yildirki, oliy taʼlim muassasalarining teatr studiyasi jamoalari orasida oʻz chiqishlari bilan yuqori oʻrinlarni egallab kelayotgan Andijon davlat tibbiyot institutining “Shifokorlar” jamoasi bu gal ham bor mahoratini koʻrsata olishdi.

Viloyat musiqali drama teatrida viloyatimizning oliy taʼlim muassasalari jamoalari koʻrik tanlovning navbatdagi bosqichida ishtirok etdilar. Talabalar tomonidan ijro etilgan har bir qahramonlar tomoshabinlarga manzur boʻldi. “Shifokorlar” jamoasining Norqobil Qoʻchqorovning “Quyoshim oʻzing” pesasi asosidagi sahna koʻrinishlari ham olqishlarga sazovor boʻldi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Andijon davlat tibbiyot instituti va Andijon davlat universiteti jamoasi tanlovning mintaqaviy bosqichiga yoʻllanma oldi.

Jamoamizga keyingi bosqichda kuch-quvvat va omad tilaymiz!

Skip to content Click to listen highlighted text!