
Talabalarning o’qishdan bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish va milliy, madaniy hamda ma’naviy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etilgan «Yurtim qadriyatlari» ko’rik-tanlovining 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, unda Andijon davlat tibbiyot instituti faxrli 1-o‘rinni egalladi.
Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tgan tanlovda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti jamoalari ishtirok etdi.
Tanlov davomida talabalar 3 ta shart asosida, ya’ni milliy an’ana, qadriyat va urf-odatlar, kompozitsion musiqiy chiqishlar hamda jadidlar jasorati – millatimiz faxri mavzularida bellashdilar. Chiqishlar davomida talabalar milliy kiyimlarni o’ziga xos tarzda taqdim etishib, she’rlar, qo’shiqlar va teatr sahnalari orqali qadriyatlarimizni o‘ziga xos tarzda talqin etishdi.
Institutimiz jamoasiga tanlovning respublika final bosqichida ham muvaffaqiyat qozonishlariga ishonch bildirib, ularga omad tilaymiz!