Inson qaysi sohada faoliyat olib bormasin san’at shaydosidir. Ayni kunlarda “Andijon yoshlarni birlashtiradi” shiori ostidagi festival davom etmoqda. Festival doirasida Viloyat musiqali drama teatrida institutimizning “Shifokorlar” teatr jamoasi o’z san’atlarini mohirona namoyish etishdi.
Sharof Boshbekovning “Ko’cha bolalari” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklining namoyishida talabalar ayrim yoshlarning hayoti, chet elda ishlash istagida bo’lgan bolalar taqdirini keng yoritdilar.
Unda ona va farzand munosabatlari, uning tarbiyaviy ahamiyati ko’rsatildi. Teatr jamoasining bu galgi chiqishi ham barchaga manzur bo’ldi.