alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarur

13:15 16.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyatining navbatdagi ochiq muloqoti  davolash fakultetining 5-bosqich talabalari bilan o‘tkazildi. Institutning 2-ma’ruzalar zalida o‘tgan ochiq muloqotda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov, davolash fakulteti dekani B.Mamatov, dekan o‘rinbosarlari Z.Qosimov, U.Karimovlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov shifokorlik kasbining mas’uliyati, sharafli bu kasbni egallashlari uchun institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi. Shuningdek, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mamlakatimiz Prezidentining 2019-yilning27-dekabr kuni faol yoshlar vakillari bilan uchrashuvida yoshlar bilan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, faol yoshlar ko‘magiga tayanish, ularga yaratilayotgan ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga jiddiy e’tibor berish borasida belgilab bergan vazifalar xususida so‘z yuritdi.  Talabalarning malakali mutaxassislar  bo‘lib kamolga etishilari uchun esa institutda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidlar ekan, Institutning smulatsion markazi, Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishayotganligi, institut bitiruvchilari dunyoning nufuzli tibbiyot muassasalarida mehnat qilayotganligini faxr bilan aytib o‘tdi.
Talabalar samimiy ochiq muloqot uchun institut rahbariyatiga minnaddorchilik bildirdilar.

ADTI axborot xizmati  

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!