O’zbek tili va adabiyoti, tillar kafedrasida IKP kafedrasi professori, institut faxriylari kengashi raisi, yuzlab ma’naviyatga oid maqola va kitoblar muallifi O.Salohiddiniv bilan “Shifokorlik kasbining fazilatli sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Professor O.Salohiddinov talabalarga shifokorlik kasbining fazilati, kasb odobi, bemorlar bilan muloqot xususida hayotiy tajribalariga asoslangan fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Talabalarga bu kasbni sevish uchun ilmiy va badiiy adabiyotlarni muntazam ravishda o’qib, bilimlarini rivojlantirib borishlari bo’yicha o’zining tavsiyalarini berdi.