alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shoir Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

16:51 24.04.2019

Shu kunlarda yurtimizda o‘zbekning haqiqiy tanti farzandi, O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan xotira tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri bugun Andijon davlat tibbiyot institutida  o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab berilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, shuningdek Muhammad Yusuf xotirasiga yuksak hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari va davolash fakulteti  talabalari  faolligida tashkil etildi.

Tadbirni davolash fakulteti dekani B.Mamatov ochib berdi. Shundan so‘ng, Tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Qo‘ziboeva so‘zga chiqib, Muhammad Yusufning hayoti va ijodiga to‘xtaldi. Jumladan shoirning o‘ziga xos sodda va xalqchil ijodi, uning har bir she’ri yuragimizdan chuqur o‘rin olganligini ta’kidladi. Shoirning yuzlab o‘lmas she’rlari har kuni xalq orasida qo‘shiq bo‘lib jarang sochayotganligini aytib o‘tdi.

Tadbir davomida  Muhammad Yusufning hayoti va  ijodi to‘g‘risidagi videofilm  namoyish etildi.

So‘ngra institut talabalari tomonidan tayyorlangan adabiy-badiiy kompozitsiya namoyish qilindi. Shoirning  ona yurtni, Vatanni, mehnatkash va bag‘rikeng xalqimizni, muhabbat va vafoni tarannum etuvchi  dilbar she’rlari, ana shu she’rlarga bastalangan diltortar kuy-qo‘shiqlar jarangladi, raqslar ijro etildi.

Tadbir ishtirokchilari Muhammad Yusuf ijodidan yana  bir bor bahramand bo‘lishib, shoirni yod etdilar va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazdilar.

Tadbirda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universiteti tibbiyot fakultetining talabalari ham ishtirok etdilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!