2021 yil 25 yanvar kuni institut asosiy o‘quv binosida xorijiy tillar kafedrasi xodimlari tomonidan “Shukronalik” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda institut talabalari va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishib, yurtimizdagi eng so‘nggi yangiliklar, Prezident qarorlari va yangi qonunlar xaqida, shuningdek oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar oldilar.
Tadbir so‘nggida pediatriya fakulteti dekan muovini K.A.Baydullayev va Reabilitologiya, sport tibbiyoti va jismoniy tarbiya kafedrasi kabinet mudiri Z.Abdullaevalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashqlari ham bajarildi.
Z.Abdullaeva.
Reabilitologiya, sport tibbiyoti va
jismoniy tarbiya kafedrasi kabinet mudiri