Andijon davlat tibbiyot institutining barcha o‘quv binolarida ertalabki “Shukronalik tadbir”lari o‘tkazildi. Unda fakultetlarning dekan o‘rinbosarlari, xodimlari, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangradi. So‘ng professor-o‘qituvchilar talabalarga o‘tgan haftada yurtimizda va dunyoda sodir bo‘lgan xabarlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdilar.
Fakultet dekani o‘rinbosarlari esa institutning ichki tartib-qoidalari, hushmuomalalik, kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalari, darslarda faool ishtirok etish borasida yana bir eslatib o‘tdilar.