alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SHUKRONALIK TADBIRI O’TKAZILDI

11:17 08.02.2021

ADTI Klinikasi binosida Jarrohlik va urologiya kafedrasi tomonidan «Shukronalik» tadbiri o’tkazildi.
Tadbirni Davolash fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari Ulugʻbek Karimov ochib berdi. Tinch va osoyishtalikda o’tayotgan har bir kunimizga, sog’-salomat uyg’onganimizga shukronalik qilishimiz kerakligini ta’kidladi.

Shundan so’ng, O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi professor-o’qituvchilar va talabalar tomonidan kuylandi.


Jarrohlik va urologiya kafedrasi dotsenti N.Bozorov tomonidan hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlar va talabalarga institutning ichki tartib qoidalari, Sog’liqni saqlash vazirligining 34-sonli buyrugʻi ijrosini ta’minlash, barcha talabalarning darslardagi faolliklarini oshirish, pandemiya sharoitida qilinishi lozim bo’lgan ishlar haqida maʼlumotlar berib oʼtdi.

Tadbir yakunida U. Karimov buyuk mutafakkir bobomiz Nizomiddin mir  Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan uning boy adabiy merosi haqida ma’lumotlar berdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!