alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Shukronalik tadbiri

13:19 04.02.2019

2019-yil 2-fevral kuni institut foyesida “Odam savdosi – umr zavoli” mavzusida shukronalik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Shundan so‘ng, anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi  mudiri Z.Qaxarov odam savdosi va uning oqibatlari haqida gapirib, odam savdosi xalqaro doiradagi tahdid, odamlarni, ularning a’zolarini boshqa davlatlarga sotib yuborish, ulardan foyda olish haqida, odam savdosi qurbonlariga aylangan ayollar va erkaklarni majburiy jismoniy mehnatga jalb etilishi  yosh bolalardan ichki a’zolar savdosi, qul yoki uy xizmatkor sifatida foydalanish kuzatiladi deb ta’kidladi.

So‘ngra kafedra katta o‘qituvchisi M.Saliyeva yuqoridagi so‘zlarga qo‘shimcha qilib ma’naviyatimiz, madaniyatimiz va milliy qadryatlarimizga mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tuban illatlarni o‘z ichiga olgan ayrim illatlar, axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, ommaviy madaniyat, ekstrimizm g‘oyalarini tarqatish boylik orttirish va shunday tuban maqsadda odam savdosi bilan shug‘ullanish, bunga nafaqat kattalar, balki bolalarni ham aralashtirayotganliklari haqida kuyinib gapirdi. Notiqlar talabalarni ogohlikka chaqirib, bu borada bir nechta misollar keltirdilar.

Tadbir so‘ngida talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga assistent S.Axmedov tomonidan javoblar berildi. Tadbir juda qiziqarli o‘tdi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!