Shukronalik yoshlarimizning oliy fazilati

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot institutining asosiy binosida haftaning ilk kuni “Shukronalik yoshlarimizning oliy fazilati” mavzusidagi tadbir bilan boshlandi. Tadbir avvalida institut psixologi O‘tkirbek Arziqulov talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan mativatsiyasini oshirish yuzasidan maslahatlar berdi. Shundan so‘ng, talabalar jonli tarzda O‘zbekiston Respublikasi davlat madhisini ijro etdilar.

Zafarbek Qahhorov rahbarligidagi “Anatomiya va klinik anatomiya” kafedrasi mas’ulligida o‘tkazilgan “Shukronalik yoshlarimizning oliy fazilati” mavzusidagi tadbirda talabalar bilan Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus borasida institutda olib borilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Tadbirda so‘z olgan kafedraning katta o‘qituvchisi Ilhomiddin Sattiboyev shifokor o‘z sohasini mukammal bilishi bilan birga adabiyot, san’at turlaridan xabardor bo‘lishi zarurligini ta’kidlar ekan, Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi yozuvchi va shoirlarimizning asarlari har bir talabaning hamrohi bo‘lishi zarurligini uqtirdi.

Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari 5 muhim tashabbus bo‘yicha institutda, talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar xususida fikr-mulohazalar, takliflar bildirishdi.

“Shukronalik yoshlarimizning oliy fazilati” mavzusidagi tadbir institutning klinik shifoxonasi va 2-o‘quv binosida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

 

Odiljon KARIMOV,

                ADTI matbuot kotibi

 

275