alexa
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SIYOSIY FANLAR DOKTORI SARDOR USMONOV SEMINAR-TRENING OʻTKAZDI

17:10 11.12.2021

SIYOSIY FANLAR DOKTORI SARDOR USMONOV SEMINAR-TRENING OʻTKAZDI

Tezkor axborot asri kishini yanada ildamroq harakat qilishga, oʻz ustida koʻproq ishlashga undamoqda. Ayniqsa, yoshlarning shijoati bilan har bir sohaga yangilik, innovatsiya kirib kelmoqda. Oʻz sohasini mutaxassisi boʻlish uchun kimdadir ishtiyoq kuchli boʻlsa, yana kimdir boshqalardan kuch oladi.

Andijon davlat tibbiyot institutida ana shunday energetik, motivatsion seminar-trening boʻlib oʻtdi. Unda Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektor v.b. K.Salohiddinov, fakultet dekanlari, ularning oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari, yosh tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar ishtirok etdi.

“Global fikrlash va samarali taʼlim strategiyalari” mavzusidagi treningda Siyosiy fanlar doktori, notiq Sardor Usmonov bugungi taʼlim jarayoni, bu borada jahon tajribasiga toʻgʻri yondashish toʻgʻrisida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Seminar-trening shunchaki uchrashuv va davra suhbatlaridan farqli oʻlaroq, mutaxassis professor-oʻqituvchilar va talabalarga kundalik izlanish va faoliyat uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni misollar bilan tushuntirib oʻtdi.

“Taʼlim sohasida faqat bugungi kun bilan ish yuritib boʻlmaydi, ertangi kun, soha rivoji uchun ikki qadam oldinda boʻlmoq kerak. Ustoz talabasidan ham ilm, ham texnologiya, ham salohiyat jihatidan kuchli boʻlmasa shogirdini oʻz ortidan ergashtira olmaydi”,- deydi Sardor Usmonov. Sifatli taʼlim samaradorligiga erishishda yana nimalarga ahamiyat qaratish lozim ekanligi borasida ham toʻxtalib oʻtildi.

Uchrashuvdan ilhom olgan yosh tadqiqotchilar va talaba-yoshlar ham kelgusidagi rejalari va orzu-umidlari bilan oʻrtoqlashdilar.