Bugun shunday kunki, ularni qancha ardoqlasang kam. Bu roʻyi zaminda shunday zotlar borki, hayotingning munavvar lahzalarga oʻralgan shodon kunlarida ham, hatto quvonchlaringdan yuraging yorilar darajada sevinganingda ham, turfa tashvishlar sabab azoblar oʻtida qovrilganingda ham birgina zot senga ota-onang kabi suyanch va madad boʻladi. Bilasizmi, bu kim?! Bu ulugʻ zot, USTOZ!!! Ha yuzlaridan hamisha mehr nuri yogʻilib turadigan, tabarruk izlaridan yurishni har bir dil orzu qiladigan bu buyuk zotlar ustozlardir. Ota-ona farzandi dunyoga kelishi uchun sababchi boʻlsa, ustoz esa, har bir insonni jamiyatda oʻz oʻrnini topishi uchun fidoiylik bilan xizmat qiladi.
Hurmatli fidoiylar!
Sizni 1-oktyabr-Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman. Sizni kasb bayramingiz bilan qutlash asnosida, qalbimdagi eng ezgu tilaklarimni SIZGA yoʻllamoq imkoni berilganidan baxtiyorman.
SIZNING yuksak tafakkur sohib va sohibalarini tarbiyalab yetishtirishdek ulkan niyatingiz hamisha ijobat boʻlishini Yaratgandan soʻrayman. Ilohim, jamiyatimiz va barcha yaqinlaringizning baxtiga hamisha omon boʻling! Ezgu maqsadlar yoʻlida qilayotgan sharafli mehnatingizga omadlar tilayman. Hamisha shogirdlar eʼtibori va ardogʻida yurish baxti SIZNI tark etmasin!
BAYRAMINGIZ MUBORAK BOʻLSIN!
M. M. MADAZIMOV
ADTI REKTORI