alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SIZ SAYLOV QONUNCHILIGINI BILASIZMI?” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

11:08 18.10.2021

“SIZ SAYLOV QONUNCHILIGINI BILASIZMI?” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Andijon Davlat tibbiyot institutining talabalar turar joyida Pediatriya fakultetining dekan o‘rinbosarlari hamda tyutorlar N.Hamidova, R.O‘rinboyeva tashabbusi bilan «Siz saylov qonunchiligini bilasizmi?»  mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Zokirova, O‘zLiDep Andijon shahar Kengashi deputati, xalqparvar komissiyasi faoli J. Jiyanov, viloyat Barkamol avlod maktabi rahbari, shahar deputatlari kengash a’zosi M. Ahmadaliyev talabalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovoldi jarayonlari, nomzodlarning dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilab berilgan saylovchilarning huquq va majburiyatlari borasida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv so‘nggida eng faol talabalarga  O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!