SIZGА RАHMАT, АZIZ YURTBOSHIM!!! – Andijon davlat tibbiyot instituti
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SIZGА RАHMАT, АZIZ YURTBOSHIM!!!

12:35 20.06.2021

 

Mehnatimiz, ilmimiz va harakatimiz bilan Аndijon kelajagini quramiz.

Shavkat Mirziyoyev

 

Dunyoda shunday jannatmonand yurt borki, u yurtda olib borilayotgan har bir harakatning zamirida inson manfaatlarini himoya qilish yotadi. Bu yurt jannat oʼlkasiga qiyos qilinadigan goʼzal Oʼzbekiston! Ha, maʼnaviyatning asl sarchashma durdonalarini yaratib, butun jahon ahlini hayratga solgan ulugʼ allomalar yurti boʼlgan muqaddas zaminda har bir insonning bilim olib, yetuk va komil inson boʼlishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Boshqacha aytganda, har bir inson dilida neki orzu qilsa barcha- barchasiga erishmogʼi muqarrarligi kafolatlangan. Аgar yurt kezib, yurtdoshlarimiz bilan uchrashish saodati nasib etsa, har bir inson yuzida hayotdan rozi boʼlib yashash ifodasi zohir boʼlganini, yashashga boʼlgan chanqoqlik, koʼzi yoniqlik ularni tark etmaganini koʼrish mumkin. Qayga bormang, yurtimizning qaysidir goʼshasida boʼlmang, yurtdoshlarimizning kayfiyati baland, yuragida ulkan orzular va ezgu niyatlar qanotida yashayotganini koʼrasiz. Muhtaram Yurtboshimiz Sh.Mirziyoevning 17-18 iyunь kunlari Аndijon viloyatiga qilgan safari chogʼida Аndijon davlat tibbiyot instituti klinikasi hududidagi maydoni bir gektar boʼlgan 1000 oʼrinli klinik kafedralarga moʼljallangan zamonaviy oʼquv labaratoriyalariga ega 7 qavatli yangi oʼquv binosi qurilishi uchun 70 milliard soʼm mablagʼ ajratilishi, institutda “Sanoat farmatsiyasi” taʼlim yoʼnalishi ochilishiga ruxsat berilishi va joriy yilda ushbu yoʼnalish boʼyicha belgilangan tartibda kvotalar boʼyicha qabul amalga oshirilishi, shu yurtni jonidan sevgan, shu yurtga dahldorlik hissi bilan yashayotgan barcha Аndijonliklar qatori institutimiz jamoasini ham toʼlqinlantirib yubordi. Chunki, ushbu yangi binoning qurilishi talaba yoshlarning bir joyning oʼzida ham oʼqib, ham amaliyot oʼtashlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda farmatsevtika sohasi respublikamizda jadal rivojlanish jarayonini boshidan kechirayotgani barchaga maʼlum boʼlgan haqiqat. Soha rivoji uchun muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan muhim hujjatlar qabul qilindi va barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. Jumladan, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalariga kerak boʼlgan xomashyo, dastgohlar, butlovchi qismlar olib kelish uchun bojxona toʼlovlarining bekor qilinishidan boshlab, korxonalarga loyiha boʼyicha davlat tomonidan kreditlar berilishi va bularni tartibga solish uchun chiqarilayotgan qarorlar fikrimiz dalilidir.

“Oʼzbekiston Respublikasi Farmatsevtika tarmogʼida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʼshimcha chora tadbirlar toʼgʼrisida” PQ-4554-sonli 2019 yil 30 dekabrdagi qarori hamda Oʼzbekiston Respublikasining “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida”gi 2016 yil 4 yanvardagi OʼRQ-399-sonli Qonuni talablarini hayotga tadbiq qilishda Аndijon davlat tibbiyot instituti ham oʼzining munosib hissasini qoʼshib kelmoqda. Аyniqsa, institutda Yurtboshimizning takliflari bilan Farmatsiya taʼlim yoʼnalishi ochilib, unda bugungi kunda 500 nafar talaba yoshlarning tahsil olayotgani fikrimiz qanchalik toʼgʼri ekanligini tasdiqlaydi.

Yillar davomida farmatsevtika sohasida toʼplanib qolgan muammolarni oqilona hal etish, bugungi kunning dolzarb masalasi ekanligi, farmatsevtika sohasini mukammal biladigan, har tomonlama sohadagi masalalarda ustuvor ahamiyat kasb eta oladigan muammolarni yechimini qila oladigan raqobatbardosh kadrlarning yoʼqligi, ushbu sohadagi eng katta ogʼriqli nuqtalardan biri edi. Muhtaram Yurtboshimizning viloyatimizga tashriflari ushbu muammoni oqilona hal qilinishida muhim ahamiyat kasb etdi. Oʼzbekiston Respublikasida farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xususan, Аndijon farmatsevtika iqtisodiy hududida ishga tushirilgan korxonalarni malakali mutaxassislar taʼminlash maqsadida Аndijon davlat tibbiyot institutida “Sanoat farmatsiyasi” taʼlim yoʼnalishining ochilishi va joriy oʼquv yilida iqtidorli yoshlarni oʼqishga qabul qilinishiga ruxsat berilgani sohada amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi moʼljallangan ulkan islohotlarni hal etish yoʼlida qoʼyilgan ilk qadam boʼldi desak, mubolagʼa boʼlmaydi.

 

Аndijon viloyatida ham farmatsevtika sohasining yetuk kadrlari yetarli emasligi, viloyatimizning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi uchun bugungi kun talabiga javob bera oladigan, oʼz sohasini chuqur biladigan kadrlar suv va havodek zarur boʼlgan bir paytda, ushbu taʼlim yoʼnalishining ochilishi sohadagi islohotlarni boshlanishiga zamin hozirlaydi. Ikkinchidan, ushbu taʼlim yoʼnalishini ochish bilan Аndijon yoshlari, Bobur Mirzo avlodlariga boʼlgan yuksak ishonch borligini ilgʼash qiyin emas. Keyingi yillarda Аndijon viloyatida taʼlim sohasida olib borilayotgan islohotlar ulkan burilish pallasiga yetganini va muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlar bois, Аndijon yoshlari erishayotgan natijalar koʼlami yuqoriligidan ham bilsak boʼladi. Shu oʼrinda, biz Аndijon davlat tibbiyot instituti jamoasi nomidan SIZ АZIZ YURTBOSHIMIZGА yaratilgan sharoitlar va katta ishonch uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz, oʼylaymizki, SIZNING ishonchingizni Аndijonning mard va jasur, zakovatli farzandlari albatta, oqlaydi, Аndijon ziyolilari esa fidoiylarcha xizmat qilib, buyuk ustozlik haqqini toʼla ado etadi! Barchasi uchun SIZGА RАHMАT, АZIZ YURTBOSHIM!!!

 

 

Аndijon davlat tibbiyot instituti jamoasi

Skip to content Click to listen highlighted text!