Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan sohada ilgʻor bir qator ayol va qizlar Davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Ular orasida Farmakologiya, klinik farmakologiya va tibbiy biotexnologiyalari kafedrasi mudiri, t.f.n. Dilorom Qurbanova ham “Sogʻlom turmush” medali bilan mukofotlangandi. Shu munosabat bilan kafedrada uchrashuv oʻtkazildi.
Unda 1-UAShT tayyorlash kafedrasi mudiri Z.Salohiddinov ham ishtirok etdi. Uchrashuvda soʻz olganlar bugungi kunda kafedrada olib borilayotgan ishlar, unda Dilorom Qurbanovaning tashabbusi, sohada olib borayotgan faoliyati toʻgʻrisida soʻzladilar. Mukofot sohibasi esa uchrashuv yakunida oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.