alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SOG‘LIK – BEBAXO BOYLIK   

17:01 06.02.2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 noyabrdagi “Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va ko‘lamini yanada kengaytirish to‘g‘risida” gi PQ-4513-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadidagi O‘zbekiston Respublikasi  Andijon viloyati Hokimining 2019-yil 15-noyabrdagi №536-sonli qarori ijrosi bo‘yich ADTI yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash va malakali mutahassislar ko‘rigini joylarda tashkil etish bo‘yicha 2020-yil 6-fevral kuni Andijon viloyati Ulug‘nor tumanining, Uchko‘prik QFY, Yangichinor MFYda joylashgan 39-QOPda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Ko‘rikda ADTIning 8 turdgi mutahassisliklardan iborat 18 nafar hodimlari ishtirok etishdi. Ishchi guruh tomonidan tumanning 420 nafar aholisi tibbiy ko‘rikdan va 154 nafari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib kerakli maslahat va yordamlar berildi. Ko‘rik vaqti kasallik aniqlangan davolanishi lozim bo‘lgan 8 nafar aholiga viloyat DPMlariga 12 nafariga tuman shifohonasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, ushbu tadbirda 84 ta UTT, 69 ta EKG tekshiruvlari o‘tkazilib, lozim bo‘lganlarga mutahassis ko‘ruvi va maslahati berildi. Ko‘rik vaqtida MFYning 2 nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolariga uylarida tibbiy hizmat ko‘rsatilib kerakli tavsiyalar berildi.  Ushbu tadbir davomida aholi tibbiy madaniyatini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4063-sonli Qarorida ilgari surilgan masalalar, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha aholi o‘rtasida seminar o‘tkazilib, kasalliklar va ularni oldini olish bo‘yicha bukletlar tarqatildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi F-5537-sonli Farmoyishi ijrosi bo‘yicha tashrif buyurgan axoli ishtirokida kasallik sabablari, klinik belgilari va oldini olish choralari bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!