Bugun, 28-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot institutida 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassislari ishtirokida “Sog‘lom hayot sari – birgalikda” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Salohiddinov, fakultetlar dekan o‘rinbosarlari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqishi, yuqish yo‘llari va undan himoyalanishda nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida ma’lumotlar berildi.
Viloyat OITS ga qarshi kurash markazi mutaxassisi J.Mamadaliyeva mazkur kasallikka qarshi kurash bo‘yicha respublikada amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar yuqorida ta’kidlangan mavzular yuzasidan o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar. Tadbirdan so‘ng, talabalar anonim tarzda tezkor ekspres test topshirdi.