Bugun, 22-sentabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti talabalaridan tarkib topgan “Volontyorlar” jamoasi a’zolari Xo‘jaobod tumani “Uzun ko‘cha” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari va huddudda joylashgan 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari bilan uchrashib, sog‘lom turmush tarzi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdilar.
Tadbirlar davomida kundalik ovqatlanish ratsionidan joy olishi muhim bo‘lgan meva va sabzavotlar, ularning foydali xususiyatlari haqida ma’lumot berdilar. Shuningdek, ertalabki badantarbiya bilan shug‘ullanish sog‘lom turtmush tarzining muhim omillaridan biri ekanligi ayitb o‘tildi.
Maktab o‘quvchilari ushbu tadbirda faol ishtirok etib, meva va sabzavotlarning foydali xususiyatlari haqida bilganlari bilan o‘rtoqlashdilar. Xonadonlarda o‘tkazilgan tadbirlarda aholi vakillari xalqimizning salomatligi haqida qayg‘urib o‘tkazilayogan bu kabi harakatlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, volontyorlar tomonidan foydali tavsiyalarni o‘zida jamlagan flayerlar mahalla ahliga tarqatildi. Buning yordamida ular foydali ma’lumotlarni istalgan paytda o‘qishlari va unga rioya qilishlari mumkin bo‘ladi.