alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SOG‘LOMLASHTIRISH TADBIRLARI ANDIJON SHAHRIDA DAVOM ETMOQDA

09:33 30.03.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida Sog‘liqni saqlash  sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalarni amalga oshirish hamda  Andijon viloyat hokimining topshirig‘iga binoan Andijon davlat tibbiyot institutining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan Andijon shahridagi 1-oilaviy poliklinikasida chuqurlashtirilgan tibbiy-ko‘rik o‘tkazildi. Ushbu tadbirda institutning 14 turdagi mutaxassisliklardan iborat 18 nafar xodimlari ishtirok etishib, “Islomobod” MFYda joylashgan OPda salomatligi bo‘yicha 3-4-guruhlarga kiritilgan 657 nafar aholi tekshirildi.

Ko‘ruvlar davomida  159 nafar bemorga ambulator sharoitda davolanishga, 9 nafar bemorga statsionar davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Qolgan bemorlarga kerakli maslahat va tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi. Tibbiy tekshiruvlarda 85 ta UTT va 112 ta EKG va 220 ta laborator tekshiruvlari o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha mutaxassislar maslahati berildi.

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!