alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

“SOHIBQIRON AMIR TEMUR – MA’NAVIY QUDRATIMIZ TIMSOLI” MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI.

15:11 08.04.2022

O‘rta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi, ilf-fan va madaniyat homiysi Amir Temurning 686 yilligi keng nishonlanmoqda. Xususan, Andijon davlat tibbiyot institutida ham “Sohibqiron Amir Temur – ma’naviy qudratimiz timsoli” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

 

Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Nurmatova, kafedra dotsenti M.Xojimuratova, Respublika Ma’naviyat-ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbarining o‘rinbosari N.Marahimova, Andijon davlat universitetining katta o‘qituvchisi Yu.Jahongirov “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining viloyat kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar Amir Temurning harbiy yurishlari, erishilgan g‘alabalar, siyosatda, avvalo adolatni ustun qo‘yib, kuchli markazlashgan davlatni barpo qilganligi, “Temur tuzuklari”ning bugungi kundagi ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

Iqtidorli talabalar tomonidan “Amir Temur va alloma” mavzusida sahna ko‘rinishi taqdim etildi. Shundan so‘ng “Turon” hamda “Yosh adolatchilar” jamoalari o‘rtasida zakovat bellashuvi tashkil etildi. Unda sarkarda hayoti va faoliyatiga oid savollarga batafsil javob berildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Turon” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, tadbir davomida go‘zal raqslar va qo‘shiqlar ijro etildi. Eng faol talabalarga homiylarning esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!