Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

SPORTSEVAR TALABALAR TAQDIRLANDI

19:08 18.02.2022

Xabaringiz bor, Xorijiy fakultetda taxsil olayotgan talabalar oʻrtasida voleybol va badminton sport turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazilgan edi. Qizlar va yigitlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan oʻyinlarda har bir ishtirokchi oʻz jamoasi uchun munosib kurash olib borgan edi.

Bugun ilmiy kengashlar zalida mazkur tanlov ishtirokchilari va gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. S.Salohiddinov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor K.Salohiddinov, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi H.Qo’chqorov va Xorijiy fakultet tyutori  J.Botirov soʻz olib, talabalarning barcha tanlov va bellashuvlardagi faolliklari, ularni munosib ravishda institut tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgani borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Ezgu tilaklardan soʻng gʻolib jamoalar va ishtirokchilar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Skip to content Click to listen highlighted text!