Bugun, 1-avgust kuni Andijon davlat texnika institutida “Startaplar festivali” hamda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “InnoWeek-2025” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalari o‘zlarining quyidagi innovatsion loyihalari bilan faol ishtirok etdi:
1. Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi assistenti, PhD D.Abdullayev va Pediatriya fakulteti 3-bosqich talabasi S.Yuldoshev — Zotiljam kasalligini davolash-profilaktika muassasalarida erta aniqlash va tadbiq qilish usullari;
2. Umumiy jarrohlik va transplantologiya kafedrasi assistenti, t.f.n. G‘.Jo‘rayev — Qandli diabetda operatsiyadan keyingi yiringli jarohatlarni yangicha davolash usuli;
3. Farmakologiya, klinik farmakologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Eshonxo‘jayev — «RUBUS L» o‘simligi mevasidan biologik faol mahsulotlar yaratish;
4. Ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi assistenti M.Abdusalomova — Sil kasalligi bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda dori vositalarining nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha kompyuter dasturi;
5. Davolash fakulteti 5-bosqich talabasi I.Kamiljanov— «AUS Med» nomli innovatsion loyiha.


Institut jamoasidan ko‘rgazmada eng yaxshi deb topilgan loyihalar mualliflari bo‘lgan Bolalar kasalliklari propedevtikasi va poliklinik pediatriya kafedrasi assistenti, PhD D.Abdullayev, Farmakologiya, klinik farmakologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Eshonxo‘jayev Davolash fakulteti 5-bosqich talabasi I.Kamiljanovga “InnoWeek-2025” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida ishtirok etish uchun yo‘llanma berildi!


G‘oliblarni ushbu yutuq bilan samimiy qutlab, tanlovning keyingi bosqichlarida omad tilaymiz!


