Stomatologiya fakulteti dekani
Tulanov Dilshodbek Shomirzayevich
Stomatologiya fakulteti dekani, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
E-mail: tulanov_dilshodbek@umail.uz, tulanov_dilshodbek@mail.ru
Tel: +99891-611-90-07
1992 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 1999-yili Yaroslav tibbiy Medisina akademiyasining Anatomiya kafedrasida, akademik M.Sapin rahbarligida “Postnatal ontogenezda odam bosh miyasi tepa sohasining morfometrik xususiyatlari va 39-maydon sitoarxitektonikasi” nomli nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi. 1997-yil Operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasiga katta oʻqituvchi lavozimiga, 2005-yili fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, stomatologiya kursiga dotsentlik lavozimiga tayinlandi. 2009-2013-yillarda fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi, stomatologiya kursi dotsenti hamda o’rindoshlik asosida pediatriya fakulteti dekan muovini lavozimlarida ish olib bordi. 2014-201-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2015-2016-yillarda Toshkent davlat stomatologiya instituti Andijon filiali direktori lavozimida ishladi. 2016-yil dekabr oyidan buyon Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti dekani vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar:
- Xorij tillar kafedrasi
- Patologik fiziologiya kafedrasi
- Patologik anatomiya va sud tibbiyoti kafedrasi
- Bolalar stomatologiyasi kafedrasi
- Propedevtik stomatologiya kafedrasi
- Terapevtik stomatologiya kafedrasi
- Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi
- Jarrohlik stomatologiyasi kafedrasi
- Reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi
- Otorinolaringologiya kafedrasi
- Nevrologiya kafedrasi
- Ftiziatriya va pulmonologiya, mikrobiologiya, immunologiya va virusologiya kafedrasi
- 1-Fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi
- Onkologiya tibbiy radiologiya kafedrasi
Mutaxassislik kafedralari soni 5 ta:
- Ortopedik stomatologiya va ortodontiya kafedrasi (viloyat stomatologiya poliklinika binosida joylashgan);
- Jarrohlik stomatologiyasi (Andijon viloyati ko’p tarmoqli tibbiyot markazi, “Furqat” shifoxonasi 2-qavatida joylashgan);
- Propedevtik stomatologiya kafedrasi (viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi binosida joylashgan);
- Bolalar stomatologiyasi kafedrasi (viloyat bolalar stomatologiyasi poliklinikasi binosida joylashgan);
- Terapevtik stomatologiya kafedrasi (Gumbaz parxez taomlari yonidagi, xususiy klinikasida joylashgan).
Xozirgi kunda stomatologiya fakultetida:
1.Dekan – Tulanov Dilshodbek Shomirzayevich
2.Yoshlar masalari va ma‘naviy-ma‘rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari – Mahmudov Xushnudbek Shoyatbekovich
3.O’quv ishlar bo’yich dekan o’rinbosari – Musaev Nozimjon Ro’zibayevich (1-4 bosqich)
4.O’quv ishlar bo’yich dekan o’rinbosari – Qurbonov Xasanboy Asqarovich
(5 – bosqich)
5.Dekanat uslubchisi – Tadjiboeva Moxizoda Kamiljanovna
6.O’quv ishlari bo’yicha dispetcher – Valiyeva Nargiza Adiljanovna
7.Dekanat ish yurituvchsi – Boxodirjonova Maxpura
8.Dekanat ish yurituvchsi – Abduraximov Shuxratbek lar faoliyat olib borishmoqda.