Andijon davlat tibbiyot instituti Stomatologiya fakulteti 3-bosqich talabalari bilan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda rektor maslahatchisi X.Zokirov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Xolmatova, fakultet dekani D.To‘lanov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘z olganlar talabalarni o‘qishga bo‘lgan eʼtiborni kuchaytirish, masʼuliyatli bo‘lishga oid tavsiyalar berdi. Institut ichki tartib qoidalari, kiyinish madaniyatiga rioya qilish muhimligini aytib o‘tdilar. “Odob-axloq kodeksi”, “Ichki tartib qoidalari” va “Sharaf kodeksi”lari haqida tushuncha berib, atroflicha ma’lumot berildi.
Talabalar turar joyida faoliyat yuritayotgan hunar to‘garaklarida qatnashib, kutubxonadagi adabiyotlardan o‘qish va sport zali shug‘ullanish orqali bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari yuzasidan tavsiyalar aytib o‘tildi.
Shuningdek, talabalar bilan suhbatlashish mobaynida salbiy illatlardan yiroq bo‘lish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, firibgarlar taʼsiriga tushib qolmaslik borasida ham tushuntirib o‘tildi. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish muhimligi yuzasidan ogohlantirildi.