2019-yil 4-iyun kuni Andijon davlat tibbiyot instituti simulyatsion markazida Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining buyrug‘iga asosan stomatologiya fakulteti bitiruvchi 5-kurs talabalariga yakuniy davlat attestatsiyasining amaliyot imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi TDSI Bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi dotsenti, t.f.d. A.I.Xasanov raisligida o`tdi. Attestatsiya jarayonini institutning o’quv ishlari bo’yicha prorektori A.Sh.Arziqulov, ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi boshligi G.To’ychiev, stomatologiya fakulteti dekani D.SH.Tulanov hamda mutaxassislar kuzatib bordilar.
Stomatologiya yo`nalishi o`qituvchilari yakuniy davlat attestatsiyasining amaliyot imtihonini shaffof va adolatli o`tishini ta`minladilar.