Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

STOMATOLOGIYA FAKULTETI DEKANI XIZMAT SAFARIDA

15:19 02.07.2024

Andijon davlat tibbiyot instituti ko‘p yillardan buyon Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, mazkur oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yildan yilga dastur faoliyati kengayib bormoqda.

Ayni kunlarda, ham institutning Stomatologiya fakulteti dekani D.To‘lanov Dog’iston davlat tibbiyot universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdi. Bugun, 2-iyul kuni D.To‘lanov Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori, prorektorlari va dekanlari ishtirokida tashkil qilingan uchrashuvda qatnashdi. Unda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xizmat safari doirasida  D.To‘lanovning Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilarining “Bitiruv kechasi” va “Diplom topshirish” marosimlarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Skip to content Click to listen highlighted text!