Stomatologiya fakultetining 1- va 2-bosqich talabalari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Askarov, rektor maslahatchisi X.Zokirov, Profilaktika inspektori J.Xojiyev, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Abduhalimov, axborot xavfsizligi mutaxasisi F.Abduxodiyev, Talabalarni turar joy bilan taʼminlash ishlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi D.Matmusayev, Stomatologiya fakulteti dekani va uning oʻrinbosarlari, tyutorlar ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida talabalarga institut ichki tartib-qoidalari, talabalarning vazifa va burchlari, darslar davomida korrupsion holatlarning oldini olish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikka yoʻl qoʻymaslik, axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, ijarada yashovchi talabalar bilan ijara shartnomalarini tuzish boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.